19.05.2022
439

“Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya

PRESS-RELIZI

So‘nggi yillarda Yangi O’zbekistonda jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimizning hayoti va ilmiy merosini chuqur o‘rganish hamda xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi bu borada olib borilayotgan tizimli ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ana shunday ezgu islohotlarni davom ettirish, xalqaro jamoatchilikka keng yoyish maqsadida 2022 yil 19 may kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur anjuman O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, ICESCOIRCICA kabi xalqaro tashkilotlar, MalayziyaMisr Arab RespublikasiBuyuk BritaniyaFransiyaTurkiyaPokiston kabi xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitet hamda ilmiy-tadqiqot markazlari, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi, mahalliy va xorijlik taniqli olimlar, jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, mutaxassislar ishtirok etdilar. 

Konferensiya davomida ishtirokchilar tomonidan Sharq allomalari merosida islom ilmlari, Movarounnahrda tabiiy va aniq fanlar rivoji, musulmon olimlarining jahon ilm-fani taraqqiyotiga ta’siri kabi bir qator muhim ilmiy masalalar keng muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda, konferensiyada olimlar islom sivilizatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati, bunda Sharq allomalarining vazifalariga oid o‘z fikr-mulohazalarini ham bayon qildilar. Jahon ilm-fani va taraqqiyotida Sharq allomalari beqiyos o‘rin tutgani alohida e’tirof etildi. Konferensiya ishi doirasida islom sivilizatsiyasi hamda Sharq allomalarining hayoti va ilmiy merosini xalqaro jamoatchilikka yetkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi tadbirlar Sharq allomalarining jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry