19.05.2022
493

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori PhD Jamoliddin Karimov “Deklaratsiyalar muloqoti” mavzusidagi Xalqaro forumda ma’ruza qildi.

So‘nggi yillarda yurtimizda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida O’zbekiston xalqaro hamjamiyatda tobora o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda, O’zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 dekabr kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya barcha a’zo mamlakatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Ushbu rezolyutsiyani amaliy hayotga tatbiq etish maqsadida yurtimizda joriy yilning 16-20 may kunlari “Deklaratsiyalar muloqoti” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. AQSh, Buyuk Britaniya, Avstriya, Indoneziya, Nigeriya, Gana, Saudiya Arabistoni va boshqa qator xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan olim va mutaxassislar ishtirok etgan ushbu tadbirda millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilinmoqda, amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqilmoqda. 

Xalqaro forum natijasida ma’rifat va diniy bag‘rikenglik madaniyati g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Buxoro deklaratsiyasi”ni imzolash rejalashtirilgan. Shu munosabat 19 may kuni Buxoro shahrida Xalqaro forum doirasida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, PhD Jamoliddin KarimovO’zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida” mavzusidagi maqolasi bilan bevosita ishtirok etdi. Jamoliddin Karimov o‘z ma’ruzasida yurtimizda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, buning natijasida mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzi va imidji yuksalayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Xususan,  2020 yil O’zbekiston AQSh davlat departamentining “alohida e’tibordagi davlatlar” (Special Watch List) ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.

AQShning Xalqaro diniy erkinlik Komissiyasi (USCIRF) raisi Toni Perkins O’zbekiston diniy guruhlarning erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablarni bajarishda yuqori natijalarga erishgani hamda e’tiqod erkinligi bo‘yicha sharoitlarni yaxshilash doirasida muhim qadamlar tashlanganini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad Husayn hamda YEXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari Lamberto Zaner O’zbekistonga qilgan tashrifi davomida yurtimizdagi islohotlarga oliy baho berdilar.

Bu kabi tadbirlar O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatda o‘z ovoziga ega bo‘lishga, shuningdek, yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. 

 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazi matbuot xizmati

Qo‘shimcha malumot

Imom Moturidiy hayoti va faoliyatiga chizgilar
Muallif: Ahmad Sa’d DamanhuriyTarjimonlar: S.Abdullayev, O.Ikrombekov🗓 Sana: 2023📝 Hajmi: 264 bet📖 Ushbu kitob misrlik moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriyning Imom...
ZAMONAVIY TARIQATCHILIKNING IJTIMOIY ZARARLARI
Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik, birodarlik rishtalarini ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p...
ULAMOLAR SOXTA SUFIYLIK HAQIDA
Tarixan, inson qalbini poklash, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan tasavvuf ta’limoti yurtimizda keng taraqqiy etib kelgan. Tasavvuf yo‘lida riyozat...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry