Ommabop maqolalar

Prezidentimizning BMTdagi nutqi yetakchi ekspertlar nigohida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi nutqi xorijlik ekspert va ilmiy doira vakillarining eʼtiborini tortdi. Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasidagi nutqi xorijlik ekspert va ilmiy doira vakillarining eʼtiborini tortdi.

Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat mintaqa, balki global ahamiyatga ega ekani bilan ham gʻoyat dolzarb hisoblanadi. Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdul Rahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Shahzod Islomov AQSHning “Islamicity” portalida “Oʻzbekistonning global nigohi: inson qadrini ulugʻlash, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro hamjihatlik” (Uzbekistanʼs Global Vision: Advancing Human Dignity, Regional Cooperation, and International Solidarity) mavzusida maqola eʼlon qildi.

Mualliflarning yozishicha, zamonaviy dunyodagi dinamik oʻzgarishlar koʻplab mamlakatlarni inson hayoti va jahon taraqqiyoti istiqboliga nisbatan yangicha yondashuvlarni qabul qilishga majbur etmoqda. Boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston ham tez surʼatlarda oʻzgarayotgan va tobora murakkablashib borayotgan dunyo muhitidagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishga intilmoqda. 

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning bu murakkab voqelikda tutgan ustuvor mavqei va erishgan yutuqlarini bayon etar ekan, “Yangi Oʻzbekiston”ni barpo etishning konseptual yoʻnalishlari haqida soʻz yuritdi. Maʼruzada milliy taraqqiyot maqsadlariga erishish hamda hamjihatlik, tinchlik va inson qadriga asoslangan global dunyoqarash oʻz ifodasini topgan.

Oʻzbekistonning eng ustuvor maqsadi har bir oila va fuqaroning hayotini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish hamda inson qadrini ulugʻlashdir. Mamlakatning bir qator muhim yutuqlari bu yoʻnalishdagi jadal ilgarilashini ifoda etadi. Savdo, investitsiya va transport sohalaridagi koʻrsatkichlar mintaqa boʻylab deyarli besh barobar oʻsgan. Oʻzbekiston chegara hududlarida qoʻshma investitsiya dasturlari, savdo va sanoat zonalarini tashkil etdi, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, mamlakat xalqaro munosabatlarda mustaqil, masʼuliyatli ishtirokchi sifatida maydonga chiqib, hamjihatlik, barqarorlik va Markaziy Osiyoning tinchlikparvar siyosatini tamsil etmoqda.

Kambagʻallik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha keskin qisqardi. Bu taʼlim va fan sohalaridagi islohotlar, yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish, “yashil energetika”, transportni modernizatsiya qilish, kichik biznes va ish oʻrinlarini yaratish orqali amalga oshdi.

Maqola mualliflarining eʼtirof etishlaricha, bu yutuqlarning asosiy omillaridan biri kuchli va yangi chaqiriqlarga shay taʼlim tizimining mavjudligidir. Natijada maktabgacha taʼlim qamrovi 27 foizdan 78 foizgacha oshdi. Oliy taʼlimda yoshlar qamrovi 9 foizdan 42 foizga yetdi. Shuningdek, oʻqituvchilik kasbining nufuzini va maqomini oshirish mamlakatning muhim ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Shu bilan birga, mamlakat zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimini yaratish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayot va tadbirkorlikdagi rolini kuchaytirishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda. 

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish orqali islomning insoniylik, bagʻrikenglik va maʼrifat taʼlimotini targʻib etishdagi tashabbuslari, BMT qarorgohida Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi buyuk allomalar ilmiy merosini zamonaviy uslubda namoyish etishga intilishi tahsinga loyiqdir, deyiladi maqolada.

Taʼkidlash kerakki, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi tarixiy nutqi va unda ilgari surilgan tashabbuslar birinchi galda mamlakatimiz taraqqiyotiga yangi odim berishi bilan birga, insoniyat oldida turgan dolzarb muammolarni hal etishda samarali yechimlar taklif etadi.

Manba: OʻzA

Maqolalar

Yana oʻqing

Barcha maqolalar
Ommabop maqolalar

Muborak bayram – meros qadriyat

Har yili zulhijja oyining oʻninchi kunida dunyoning toʻrt burchagida yashovchi musulmonlar bir xil tuygʻu – iymon va shukronalik ruhida bayram dasturxonini yozadilar,…

Ommabop maqolalar

Maʼnaviy qudrat manbayi

XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo tarixida Ikkinchi Renessans davri sifatida alohida oʻrin tutadi. Ushbu tarixiy bosqich nafaqat qudratli markazlashgan davlat barpo etilgani, balki…