ALLOQULOV ABDULLATIF ABDULLAYEVIÇ
This page is currently available in Uzbek only.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari bölimi boşliği
Alloqulov Abdullatif Abdullayeviç 1982 yil Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tuğilgan. 2006 yil Toşkent islom universitetining bakalavriati, 2008 yil esa uşbu oliygohning magistraturasini tamomlagan. Islomşunos mutaxassis.
Alloqulov Abdullatif Abdullayeviç 2018 yilda tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozilgan “Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va uning şarhlari tahlili” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Alloqulov Abdullatif 2008-2015 yillarda Toşkent islom universiteti Islomşunoslik kafedrasi katta öqituvçisi, 2015-2017 yillarda Toşkent islom universiteti tayanç doktoranti, 2018-2019 yillarda Toşkent islom universiteti Islomşunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Hadisşunoslik bölimi mudiri, 2019-2020 yillarda Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oşiriş markazi Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasi mudiri, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi Islomşunoslik bölimi mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.
2015 yilda Qozoğiston, 2018 yilda Turkiya mamlakatlarida ötkazilgan xalqaro anjumanlarda maʼruzalar bilan iştirok etgan.
Hozirda Alloqulov Abdullatif Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligining 2020-2022 yillarga möljallangan FZ-202002144 &ndaş; “Moturidiya taʼlimotiga oid aqidaviy matnlarning akademik tarjima va şarhlari hamda ularning elektron kutubxonasini yaratiş” amaliy loyihasiga rahbarlik qilmoqda.
U 40 dan ziyod maqola, öquv-uslubiy qöllanma va risolalarning muallifi hisoblanadi.