O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori
Shermuxamedov Komiljon Abduvaliyevich 1978-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1999-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2001-yil esa mazkur institutning magistratura bosqichini tamomlagan.
2021-yilda tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2023-yilda “Dinshunoslik” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan.
2002-2017-yillarda Toshkent islom universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy kotib, Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2017-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritgan.
Shermuxamedov Komiljon 30 dan ziyod kitob, monografiya, oʻquv qoʻllanma, darslik, risola, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi.