📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Seminar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligidagi onlayn seminar o‘tkazildi

 2025-yil 29-iyul kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligida "Yangi renessans sari" mavzusidagi ilmiy seminarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.  

Onlayn seminarda "Movarounnahr mutasavviflari asarlarida moturidiylik e’tiqodi" hamda "Imom Moturidiy ta’limotida zuhd va tasavvuf" mavzusidagi ma’ruzalar tinglandi.

 Seminar nafaqat ikki taniqli ilmiy muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga, balki islom ilmlari, xususan, moturidiylik ta’limoti va tasavvufni o‘rganish bo‘yicha xalqaro miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. 

Ishtirokchilar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. 

 Markaz va universitet o‘rtasidagi bunday ilmiy muloqotlar kelajakda ham davom etib, islom sivilizatsiyasining boy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazishda muhim o‘rin tutishi maqsad qilingan.