Seminar

Taniqli moturidiyshunos olim, professor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish darslari boshlandi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taniqli moturidiyshunos olim, Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida o‘quv seminari boshlandi.
Seminarda doktor Hamza Bakriy XII asrda yurtimizda yashab ijod qilgan buyuk alloma Ab-u Bakr ibn Mas’ud Kosoniyning "al-Mu’tamad fi-l-mu’taqad" asarini sharhlab, ushbu asar asosida zamonaviy mutaassib oqimlarga ilmiy raddiya berish metodologiyasini tushuntirib berdi.
Mazkur o‘quvlarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom istituti, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan diniy ta’lim muassasalarining aqida fani ustozlari, mutaxasislar ishtirok etmoqda.
O‘zaro bahs-munozara hamda savol-javobga boy o‘tgan ma’ruza yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga ilmiy asoslangan qoniqarli javoblarni oldilar.