📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Yangiliklar

Imom Moturidiy majmuasidagi bunyodkorlik ishlari

 Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyuk alloma dafn etilgan tarixiy Chokardiza qabristonidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini ilmiy asosda tashkil etishda ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. 

Shu maqsadda 2025-yil 4-oktyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand arxeologiya instituti, Samarqand davlat universiteti ilmiy xodimlaridan iborat guruh qurilish maydonida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan barcha ishlarning ilmiy asosda, to‘g‘ri tashkil etilishiga ko‘maklashish, ulug‘ alloma ajdodlarimiz qabrtoshlaridagi bitiklarni o‘qish, undagi ma’lumotlarni ilmiy istifodaga kiritish bo‘yicha maslahat o‘tkazdilar.

Jumladan, buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniy dafn etilgan joyni ilmiy manbalarda kelgan ishonchli ma’lumotlar asosida aniqlash bo‘yicha fikr almashildi.