Yangiliklar

"Jaholatga qarshi ma’rifat" tadbirlari davom etmoqda
✍️ O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan yoshlarni sog‘lom fikrli va mustahkam e’tiqodli qilib tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✔️ Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Doston Mustafoyev ishtirok etib, "Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!" va "Inson huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori" mavzularida ma’ruza qildi.
✔️ Ma’ruzada bugungi kunda yoshlar ongini turli zararli g‘oyalar va yot ta’sirlardan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z bordi. Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rni, yoshlarning barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishida ilm-ma’rifatning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
✔️ Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.