Yangiliklar

2025-yil 12-noyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida "Islomda bag‘rikenglik tamoyillari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Imom Motirudiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Abdullatif Alloqulov va katta ilmiy xodimi Ulug‘bek Jo‘rayev ma’ruza qildilar.
Ma’ruzada tinglovchilarga islom qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyati, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, diniy bag‘rikenglik tushunchasining ahamiyati, bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlashda xalqaro tajriba, qonunchilik asoslari, islom diniga yot radikal qarashlar, ekstremizmga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish zarurati ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.