Yangiliklar

2025-yilning 13 noyabr kuni Mir Arab Oliy madrasasida "Globallashuv davrida sof aqida va tasavvuf masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Abdullatif Alloqulov "Moturidiylik ta’limoti tafviz va ta’vil metodologiyasi" hamda markaz yetakchi ilmiy xodimi Ahmad Sa’d Damanxuriy "Tasavvuf va kalom ilmi o‘rtasidagi ma’rifiy uyg‘unlik" mavzusida ma’ruza qildi.
Anjumanning asosiy maqsadi — globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb aqidaviy va fiqhiy masalalarni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.