Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi örtasida «taʼlim – tadqiqot – amaliyot» integratsiyasini çuqurlaştiriş hamda zamonaviy dual taʼlim tizimini samarali joriy etiş maqsadida talabalar uçun öquv-amaliyot jarayonlari taşkil etildi.

Mazkur jarayon va dual taʼlim şakli talabalarning nazariy bilimlarini real ilmiy-amaliy faoliyat bilan uzviy boğlaşga, sohaga oid könikmalarni iş joyining özida şakllantirişga hamda kelgusida yetuk mutaxassis bölib yetişişlariga xizmat qiladi.

Imom Moturidiy markazi tomonidan ustoz-şogird anʼanalari hamda dual taʼlim talablari asosida yölga qöyilgan uşbu tajriba yoş tadqiqotçilar uçun ulkan amaliy maktab va professional rivojlaniş omili bölişi şubhasiz.
