Yangiliklar

“Özbekistonda yangi uyğoniş davri uçun ulkan salohiyat şakllanmoqda”

Yangilanayotgan Özbekistondagi maʼrifiy özgarişlar xorijda katta qiziqiş uyğotmoqda. Yuksak eʼtirof etilmoqda. Buyuk Britaniyadagi “Al-Furqon” fondi direktori Sali Şohsuvoriy bu haqda quyidagi fikrlarni…

Yangilanayotgan Özbekistondagi maʼrifiy özgarişlar xorijda katta qiziqiş uyğotmoqda. Yuksak eʼtirof etilmoqda.

Buyuk Britaniyadagi “Al-Furqon” fondi direktori Sali Şohsuvoriy bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi:  

&ndaş;2018 yildan beri Özbekistondagi özgarişlarni, yangi taşabbuslarni örgangan, xususan, qadimiy qölyozmalarni tadqiq etiş markazining rahbari sifatida Özbekistonga bir neça bor borgan inson sifatida guvohlik berişim mumkinki, Özbekistonda yangi uyğoniş davri uçun ulkan salohiyat şakllanmoqda.  

Xususan, davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning Özbekistonda buyuk allomalar ilmiy merosini örganiş böyiça ilgari surgan taşabbuslari öta noyob hodisa.  

Özbekiston Prezidentining boy ilmiy-madaniy merosni asrab-avaylaş va kelajak avlodga yetkazişga oid islohot va taşabbuslarini qöllab-quvvatlayman. Mazkur yönalişda olib borilayotgan işlar nafaqat davlat, balki nodavlat muassasalar, ilmiy jamoatçilikning ham faol qöllab-quvvatloviga erişgan.  

Özbekistonning qadimiy merosi, uluğ alloma va mutafakkirlarning noyob asarlari dunyo olimlarining diqqat markazida. Ular Özbekistondagi har bir özgarişni diqqat bilan kuzatmoqda.  

Şu sababli taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, Özbekistonda yuz berayotgan voqealar juda noyob va hayratlanarli. Buni islom dunyosidagi vulqon sifatida baholaş mumkin. Biz Islom sivizatsiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy markazlari va Xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirdik. Özbekistonlik olimlar bilan muloqotimiz hamkorlikni yanada boyitiş va faollaştirişga xizmat qiladi.  

Manba: ÖzA

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…