Yangiliklar

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida doktoranturaga kiriş imtihonlari õtkazilmoqda

2026-yil 18-noyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 2027-yil uçun tayanç doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqiçlariga hujjat topşirgan nomzodlarning kiriş imtihonlari…

2026-yil 18-noyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 2027-yil uçun tayanç doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqiçlariga hujjat topşirgan nomzodlarning kiriş imtihonlari bõlib õtmoqda.

Ayni vaqtda “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot” (24.00.03) ixtisosligi bõyiça talabgorlar sinovdan õtmoqda. Imtihon jarayonida nomzodlarning nazariy bilimlari, tanlagan tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ilmiy-amaliy ahamiyati, şuningdek, mustaqil ilmiy izlaniş olib boriş salohiyati maxsus komissiya tomonidan baholanmoqda.

Sinovlarni taşkil etişda oçiqlik, şaffoflik va xolislik tamoyillariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Imtihonlarning mazmunli va yuqori saviyada õtişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan.

Mazkur imtihonlar ilmiy salohiyatli yoşlarni qõllab-quvvatlaş, ularning ilmiy izlanişlarini rivojlantiriş hamda diniy-maʼrifiy sohadagi dolzarb masalalar bõyiça tadqiqotlar olib borişga qaratilgan muhim jarayonlardan biridir.

Barça nomzodlarga imtihonlarda muvaffaqiyat va kelgusi ilmiy faoliyatlarida yuksak natijalar tilaymiz!

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Markaz naşrlari xalqaro konferensiyada namoyiş etildi

Yurtimiz bõylab õtkazilayotgan “Bağrikenglik haftaligi” doirasida Õzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida taşkil etilgan “Yangi Õzbekistonda diniy bağrikenglik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada diniy-maʼrifiy sohadagi…