Maʼlumki, Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori eʼlon qilindi.Shu munosabat bilan 1500 dan ortiq noshir, jumladan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi mahalliy, xalqaro nashriyot va telekanallarni jamlagan yirik arab onlayn media tashkiloti – NABD “Islohotchilar… Abu Mansur Moturidiy – ilohiyot imomi” sarlavhali maqola eʼlon qildi.
Maqolada din olimlari imomi Abu Mansur Moturidiy hanafiy mazhabi tarafdorlarining koʻpchiligi ixlos qilgan mazhab asoschisi sifatida taʼkidlangan.
oʻz davrida islom tafakkurining koʻzga koʻringan namoyandasi boʻlgani, bidʼat va zalolat ahliga munosib javob bergani eʼtirof etilgan.
Shayx Abdulmajid ibn Toha Al-Duhaybiy Az-Zabiy uni tavhid va iymon masalalarini birlashtirishdagi faoliyati uchun islohotchi deb atagan.
– Koʻpgina olim va tarixchilar Moturidiyni “Hidoyat imomi”, “Hidoyat olimi”, “Ilohiyot imomi” deya taʼriflagan, – deb yozadi muallif. – Bunday unvonlar uning yuksak mavqeyini belgilab, olimlarning keyingi avlodiga beqiyos ijobiy taʼsir koʻrsatganini anglashimizga yordam beradi. Mutafakkir “Ilohiyot ilmi” metodologiyasi imomi, ayni tafakkur maktabi asoschisi hisoblanadi.
Maqola soʻngida Imom Moturidiyning hayoti va ijodi batafsil yoritilgan manbaga havola ham berilgan.
Muharrama Pirmatova, OʻZA
Abu Mansur Moturidiy – hidoyat imomi
Maʼlumki, Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori eʼlon qilindi.Shu munosabat bilan 1500 dan ortiq noshir, jumladan Yaqin…

Yangiliklar
Yana oʻqing
Parij Bosh masjidiga tashrif
9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…
Fransiya Milliy kutubxonasida oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
9-oktyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Fransiya Milliy kutubxonasida uchrashuv oʻtkazdi. XV…
YUNESKO Bosh qarorgohiga Imom Moturidiyning ilmiy merosiga bagʻishlangan kitoblar taqdim etildi
Parij shahridagi YUNESKO Bosh qarorgohida yurtimiz allomalari ilmiy merosiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy konferensiya doirasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ishtirokida…