📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Abu Mansur Moturidiy – hidoyat imomi

 Ma’lumki, Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori e’lon qilindi.Shu munosabat bilan 1500 dan ortiq noshir, jumladan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi mahalliy, xalqaro nashriyot va telekanallarni jamlagan yirik arab onlayn media tashkiloti – NABD “Islohotchilar… Abu Mansur Moturidiy – ilohiyot imomi” sarlavhali maqola e’lon qildi. 
 Maqolada din olimlari imomi Abu Mansur Moturidiy hanafiy mazhabi tarafdorlarining ko‘pchiligi ixlos qilgan mazhab asoschisi sifatida ta’kidlangan. 
 
  o‘z davrida islom tafakkurining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi bo‘lgani, bid’at va zalolat ahliga munosib javob bergani e’tirof etilgan. 
 
 Shayx Abdulmajid ibn Toha Al-Duhaybiy Az-Zabiy uni tavhid va iymon masalalarini birlashtirishdagi faoliyati uchun islohotchi deb atagan. 
 
 – Ko‘pgina olim va tarixchilar Moturidiyni “Hidoyat imomi”, “Hidoyat olimi”, “Ilohiyot imomi” deya ta’riflagan, – deb yozadi muallif. – Bunday unvonlar uning yuksak mavqeyini belgilab, olimlarning keyingi avlodiga beqiyos ijobiy ta’sir ko‘rsatganini anglashimizga yordam beradi. Mutafakkir “Ilohiyot ilmi” metodologiyasi imomi, ayni tafakkur maktabi asoschisi hisoblanadi. 
 Maqola so‘ngida Imom Moturidiyning hayoti va ijodi batafsil yoritilgan manbaga havola ham berilgan. 
 
 Muharrama Pirmatova, O‘ZA