Yangiliklar

Yangiliklar

Indoneziyaning "Kalimantanpost" gazetasi saytida"Imom Moturidiy: Ahli sunna val-jamoa otasi" sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Maqolada buyuk ajdodimiz Ab-u Mansur Moturidiyning islom tafakkuridagi oʻrni…

Indoneziyaning "Kalimantanpost" gazetasi saytida"Imom Moturidiy: Ahli sunna val-jamoa otasi" sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Maqolada buyuk ajdodimiz Ab-u Mansur Moturidiyning islom tafakkuridagi oʻrni va uning ilmiy merosi haqida muhim maʼlumotlar keltirilgan.

Xususan, maqolada Samarqand shahrida "Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon" mavzusida milliy ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtgani xabar qilinadi. Unda Samarqand davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, Imom Moturidiy xalqaro tadqiqot markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy markazlari, Samarqand Arxeologiya institutiolimlari qatnashdi. Tadbir doirasida Imom Moturidiy xalqaro tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlar haqida maʼlumot berildi.

Maqolada taʼkidlanganidek, moturidiylik taʼlimoti butun islom olamida, jumladan, Markaziy Osiyodan Indoneziyagacha, ahli sunna val jamoa aqidasining fundamental asosi boʻlib xizmat qilmoqda. Imom Moturidiyning asarlari nafaqat islom ulamolari, balki butun musulmon olami uchun qimmatli merosdir.

 

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…