2025-yil 12-noyabr kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida "Islomda bagʻrikenglik tamoyillari" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Imom Motirudiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Abdullatif Alloqulov va katta ilmiy xodimi Ulugʻbek Joʻrayev maʼruza qildilar.
Maʼruzada tinglovchilarga islom qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyati, yoshlarni diniy bagʻrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, diniy bagʻrikenglik tushunchasining ahamiyati, bagʻrikenglik tamoyillarini taʼminlashda xalqaro tajriba, qonunchilik asoslari, islom diniga yot radikal qarashlar, ekstremizmga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish zarurati taʼkidlandi.
Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
