Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

✍️ Al-Azhar majmuasi bilan diniy-maʼrifiy sohada hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi 26-yanvar kuni Misr Arab Respublikasidagi nufuzli al-Azhar majmuasi Bosh qarorgohida Imom…

✍️ Al-Azhar majmuasi bilan diniy-maʼrifiy sohada hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi

 26-yanvar kuni  Misr Arab Respublikasidagi nufuzli al-Azhar majmuasi Bosh qarorgohida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi delegatsiyasi hamda al-Azhar huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda al-Azhar shayxining oʻrinbosari doktor Muhammad Duvayniy, Imom Ashʼariy markazi direktori, al-Azhar Katta ulamolari kengashi aʼzosi shayx Hasan Shofeiy hamda Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi Muhammad Abdud Doyim Jundiy ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki davlat Rahbarlari tashabbuslari bilan diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar eʼtirof etilib, ilmiy-tadqiqot va taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qator takliflar bildirildi. 

 Xususan, buyuk allomalar merosini chuqur oʻrganish, qoʻlyozma manbalarni tadqiq etish hamda islom dinining insonparvarlik, bagʻrikenglik mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Imom Moturidiy va Imom Ashʼariy markazlari oʻrtasida ilmiy-tadqiqot aloqalarini mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama memorandum imzolash boʻyicha amaliy ishlar boshlandi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 
Matbuot xizmati

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…