Özbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyadagi safari samarali boşlandi
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyğun Ğafurov, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari direktorlari &ndaş; Şovosil Ziyodov, Jamoliddin Karimov, Muzaffarxon Joniyev hamda soha mutaxassislaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning ilmiy-madaniy muassasalarida qator uçraşuvlar ötkazdi.
Dastlab Buyuk Britaniyaning qadimiy qölyozma manbalarni tadqiq etiş hamda ularning kataloglarini yaratişga ixtisoslaşgan Al-Furqon islomiy meros fondida davra suhbati taşkil qilindi.
Ikki tomon uçun ham samarali keçgan davra suhbati asnosida Britaniya tomoniga Yangi Özbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ijobiy özgarişlar, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati, şuningdek, mamlakat hukumati tomonidan xalqaro miqyosda dinlararo bağrikenglikni taʼminlaş yuzasidan ilgari surilayotgan muhim taşabbuslar haqida maʼlumot berildi.
Şundan söng tomonlar örtasida istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini belgilab oliş, dolzarb masalalarning yeçimlarini hal qilişga qaratilgan qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Fond rahbari Sali Şahsivoriy Özbekistonda islom sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qöşgan mutafakkirlarning boy ilmiy-maʼnaviy merosini örganiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga yuksak baho berib, kelgusida hamkorlikni izçil davom ettirişga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Davra suhbati yakunida tomonlar özaro esdalik sovğalarini almaşdilar.
