Malayziyaning ilmiy markazlari Oʻzbekiston bilan hamkorlikdan mamnun
Oʻzbekiston delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi doirasida 20 yanvar kuni Malayziya islomni anglash institutida uchrashuv tashkil etildi. Unda Institut direktori Muhammad Aʼzam bin Muhammad Odil ishtirok etdi.
Uchrashuvda Malayziya va Oʻzbekistonning diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Institut direktori Muhammad Aʼzam bin Muhammad Odil soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilgani, bu ijobiy oʻzgarishlarni Malayziyadagi ilmiy doiralar xursandchilik bilan qabul qilayotganini taʼkidladi. Islomni anglash instituti Oʻzbekistondagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikdan mamnun ekanini qayd etdi.
Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.
