Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Tarjimalar bo‘limi boshlig‘i
Sotvoldiyev Oybek Xayrullo o‘g‘li 1996 yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2018 yilda Toshkent islom universitetini bitirgan. 2018 yilda yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida magistraturani tamomlagan. 2023 yilda ayni ta’lim muassasasida “Muhammad ibn Sa’d Zuhriyning “at-Tabaqot al-kubro” asari – islom tarixiga oid muhim manba” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Qiziqish sohasi: Islom tarixi va madaniyati, moturidiylik ta’limoti, xattotlik, lingvistika.
Mehnat faoliyatini 2019-2020 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi kichik ilmiy xodimi, 2020-2022 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi Tarjimalar bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan. 2022 yildan hozirgacha Tarjimalar bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
O.Sotvoldiyevning ilmiy tadqiqotlari asosan islom tarixi va moturidiylik ta’limoti bilan bog‘liq. U 20 dan tarjima va mualliflik kitoblari, monografiya va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.