JOʻRАYEV SHUKRULLO RАHIMOVICH

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi
Joʻrayev Shukrullo Raximovich 1982 yil Andijon viloyati Asaka tumanida tugʻilgan. U 2005 yil Toshkent islom universitetini, 2007 yil esa mazkur oliygohning magistratura bosqichini tamomlagan.
Joʻrayev Shukrullo 2022 yilda tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2024 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan katta ilmiy xodim (dotsent) ilmiy unvoni berilgan.
U 2007-2009 yillarda Toshkent islom universiteti “Islom huquqi” kafedrasi kabinet mudiri, 2009-2018 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, Toshkent islom universiteti “Islom huquqi” kafedrasi oʻqituvchisi, 2018-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish axborot-tahlil markazi bosh mutaxassisi, 2020-2021 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari boʻlimi bosh ilmiy xodimi, 2021-2023 yillarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Nashrlar boʻlimi boshligʻi, 2023 yildan bugungi kungacha Zamonaviy islom tadqiqotlari boʻlimi boshligʻi lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
Joʻrayev Shukrullo 50 dan ziyod kitob, oʻquv qoʻllanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.