18.01.2022
348

Kun Hikmati

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: “Halokat ikki narsadadir: umidsizlik va ujbda”.

Ibn Qudoma rohimahulloh aytadilar: “Bilginki, ujb kibrga olib boradi. Chunki ujb kibrning sabablaridan biridir. Shunday qilib, ujbdan kibr tug‘iladi. Kibrdan esa barcha yomon ofatlar kelib chiqadi”.

Izoh: Ujb – o‘zi bilan, amallari bilan faxrlanish, amallarini ko‘p deb bilish, o‘sha amallariga suyanish, ularni minnat qilishdir. Amalni qilib, uni barcha ne’matlarni beruvchi Zot emas, o‘zim qildim deyishdir. Ujbning eng katta zarari shuki, u solih amallarni habata qilib yuboradi, yaxshiliklarni yo‘q qilib, mazammatni paydo qiladi.
 

Qo‘shimcha malumot

Кун ҳикмати
Аллоҳга ҳақиқий ихлосли банда қумда юрувчи кишига ўхшайди. Унинг қадам товушларини эшитмайсиз, аммо изларини кўрасиз.Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу анҳу
📖“Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang” oyatida ikkita jihat mavjud.
✅Birinchidan, naqllarga ko‘ra, johiliyat davrida insonlar haj amallarini ado etib bo‘lganlaridan so‘ng bir joyga to‘planib, ota-bobolari hamda ularning manoqiblarini eslab,...
Kun Hadisi
«Kimki, o‘z uyida xavf-xatardan emin holda tong ottirsa va huzurida bir kunlik taomi bo‘lsa, bas unga dunyo ne’matlari to‘laligicha ato...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry