
📖“Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang” oyatida ikkita jihat mavjud.
✅Birinchidan, naqllarga ko‘ra, johiliyat davrida insonlar haj amallarini ado etib bo‘lganlaridan so‘ng bir joyga to‘planib, ota-bobolari hamda ularning manoqiblarini eslab, bu bilan faxrlanar edilar. Musulmon bo‘lganlaridan so‘ng Alloh taolo ularga O’zini johiliyat davrida ota-bobolarini eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslashni buyurdi. Zotan, Alloh taolo ota-bobolardan ko‘ra eslashga haqliroqdir.
✅Ikkinchidan, boshqa bir rivoyatda aytilishicha, ular ota-bobolariga berilgan ne’mat va yaxshiliklarni eslar edilar. Shu sababli Alloh taolo: “Ota-bobolaringiz haqida so‘zlayotgan so‘zlaringiz o‘rniga Meni zikr qilinglar. Chunki sizlarga ham, ota-bobolaringizga ham ne’matlarni Men berganman. Shuning uchun ushbu ne’matlarni ota-bobolaringizga emas, balki Menga nisbat beringlar”, degan.
Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asaridan
Qo‘shimcha malumot



Izohlar