
“MOTURIDIYLIK TA’LIMOTI VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUSIDA II XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY SIMPOZIUM AXBOROT XATI
2022 yil 26 may kuni Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida II xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpozium o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:
- Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti: moturidiylik namoyandalari va asarlari
- moturidiylik ta’limotiga oid zamonaviy tadqiqotlar
- globallashuv jarayonida mo‘‘tadil islom ta’limotining ahamiyati
- zamonaviy islomshunoslik tadqiqotlari.
Mualliflar uchun ma’lumot
Simpoziumga topshirilgan ma’ruzalar tezislari ilmiy to‘plam sifatida elektron shaklda chop etiladi. Ilmiy tezis matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.
Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:
- Tezis matni MS Office dasturining WORD muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi lozim.
- Tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, elektron tarzda tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi. Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati APA shaklida beriladi.
- Ma’ruzachining ismi familiyasi, ilmiy daraja va unvoni (o‘ng yuqori burchak, kursivda, 10 kegel kattaligidagi shrift, 1 interval), tashkilot va shahar nomi, muloqot telefonlari joy kodi bilan (ikkinchi qatorda) ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirib, tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi.
- Fayl nomi muallif yoki birinchi muallifning familiyasi bilan nomlanishi lozim.
- Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda o‘zbek, ingliz, rus, arab, turk tillarida taqdim etilishi mumkin.
Telefon: (71) 2443526, (71) 2443518;
Telegram: +998 99 8033141;
E-mail: info@moturidiy.uz
WhatsApp: +998 90 944 00 38
Simpozium mavzusi, ilmiylik va nashr etish talablariga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi. Tezislar 2022 yilning 10 mayigacha qabul qilinadi.
Anjuman tili: o‘zbek, arab, ingliz va rus.
Anjuman: ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha malumot



Izohlar