Buyuk Britaniyadagi Oksford islom tadqiqotlari markazi bugungi kunda islomşunoslik sohasida faoliyat olib borayotgan jahonning eng nufuzli ilmiy muassasalaridan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda Buyuk Britaniyada bölib turgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbarlaridan iborat yurtimiz delegatsiyasi joriy yilning 2-dekabr kuni mazkur dargohga taşrif buyurdi.
Yangi Özbekistonda madaniy merosni asrab-avaylaş, örganiş va ommalaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, dolzarb ilmiy tadqiqotlar haqidagi, şuningdek, bu boradagi xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirişga oid taqdimotlar tinglandi.
Öz navbatida Oksford Islom tadqiqotlari markazi vakillari ham qator davlatlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan “Islom olami tarixi atlasi” loyihasini taqdim etdilar. Loyihada dunyoning har bir mintaqasining Islom sivilizatsiyasi rivojidagi örni, muhim kaşfiyotlar, olimlar hayoti va faoliyati, şuningdek, musulmon sivilizatsiyasining jahon ilm-faniga qöşgan hissasi körib çiqiladi. Muzokaralar çoğida uşbu loyiha turkumida Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bağişlangan jildni yaratiş böyiça ikki tomonning saʼy-harakatlarini birlaştiriş böyiça kelişuvga erişildi. Uçraşuv Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro tadqiqot markazlari va Oksforddagi islom tadqiqotlari markazi örtasida hamkorlik memorandumlari imzolanişi bilan yakunlandi. Tadbir doirasida Butunjahon jamiyati (woscu) tomonidan çop etilgan “Özbekiston madaniy merosi durdonalari jahon töplamlarida” nomli albomlar töplami, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Özbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi naşrlari, xususan, Imom Moturidiy “Kitob at-Tavhid” asarining taqdimoti taşkil etildi. Oksford islom tadqiqotlari markaziga Katta Langar Qurʼoni faksimilesi, şuningdek, “Özbekiston madaniy merosi” turkumidagi kitob-albomlar sovğa qilindi.
“Özbekiston boy tarix va betakror madaniy merosga ega qadimiy mamlakat, &ndaş; dedi Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy. Men Özbekistonga köp marotaba borganman. Ammo sönggi yillarda mamlakatingiz taşqi dunyo bilan aloqalari tobora kengaya boşladi. Yangi Özbekiston rahbari barça xorijiy hamkorlar qatori biz olimlar, xorijiy tadqiqotçilar uçun ham eşiklar oçiq ekanini aytmoqda.
Jumladan, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan birgalikda özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş böyiça olib borilgan muzokaralar kutilgan natijalarni berişiga işonaman”.
Şundan söng Özbekiston delegatsiyasi vakillari dunyoning eng qadimiy kutubxonalaridan biri bölgan Oksforddagi Bodlean kutubxonasiga taşrif buyurişdi va u yerda Özbekistonga oid nodir qölyozmalar bilan tanişişdi.
“Özbekiston buyuk allomalar, şoir va mutafakkirlar yurti, &ndaş; deydi Bodlean kutubxonasi Şarq qölyozmalari bölimi kuratori Nikolas Kontovas. Jumladan, Hazrat Alişer Navoiyning ul zot hayotligi davrida köçirilgan qölyozmalari kutubxonamiz fondining nodir javohirlaridan sanaladi. Bunday bebaho asarlarni bemalol butun insoniyatning xazinasi deyiş mumkin”.
Kutubxonada özbekistonlik olimlar Özbekiston madaniy merosiga oid öndan ortiq qölyozmalar bilan tanişdilar. Ayniqsa, Alişer Navoiyning şaxsiy dastxati bölgan “Xamsa” qölyozmasi katta tassurot qoldirdi. Mirzo Uluğbekning “Ziji Köragoniy” asari ham öziga xos tarixga ega. Uni salkam uç asr ilgari oksfordlik olim Jon Geyvs sotib olgan va kitob hoşiyasida zarhal qaydlar kiritgan.
Özbekiston ilmiy delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga taşrifi davom etmoqda.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
