Yangiliklar

Jakartada «Imom Buxoriy: Oʻzbekiston islom sanʼati» nomli koʻrgazma ochildi

Indoneziya poytaxtidagi "Istiqlol" masjidida "Imom Buxoriy: Oʻzbekiston islom sanʼati" nomli koʻrgazma ochildi. Koʻrgazma Oʻzbekistonning boy madaniy merosini aks ettiruvchi, Imom Buxoriy hayoti va…

Indoneziya poytaxtidagi "Istiqlol" masjidida "Imom Buxoriy: Oʻzbekiston islom sanʼati" nomli koʻrgazma ochildi.

Koʻrgazma Oʻzbekistonning boy madaniy merosini aks ettiruvchi, Imom Buxoriy hayoti va ijodiga bagʻishlangan noyob hamda zamonaviy texnologiyalar koʻmagida yaratilgan sanʼat asarlari toʻplamidan iborat. Eksponatlar orasida Oʻzbekiston hunarmandlari tomonidan yaratilgan xattotlik asarlari, kulolchilik buyumlari, kashtadoʻzlik va zargarlik sanʼati namunalari, milliy liboslar va miniatyuralar oʻrin olgan.

Koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon, din ishlari vaziri – "Istiqlol" masjidi bosh imomi Nasaruddin Umar, Tashqi ishlar vazirligi madaniy-gumanitar aloqalar departamenti boshligʻi Yuliana Bahor, shuningdek, mamlakat Ulamolar kengashi rahbariyati, siyosiy doira vakillari, jamoat tashkilotlari namoyondalari va va boshqalar ishtirok etdi.

Indoneziya din ishlari vaziri – "Istiqlol" masjidi bosh imomi Nasaruddin Umar oʻz nutqida, Oʻzbekiston haqli ravishda islom sivilizatsiyasi markazi sifatida eʼtirof etilishini taʼkidladi. "Arabiston yarim orolida dunyoga kelgan muqaddas dinimiz aynan Oʻzbekiston hududida yashab ijod qilgan ulamo va donishmandlarning saʼy-harakatlari bilan rivoj topib, yuksak choʻqqilarga koʻtarildi. Oʻzbekiston oʻzining boy tarixi va betakror madaniyati bilan xalqlarni birlashtirish, dunyo mamlakatlari oʻrtasida doʻstlik koʻprigini yaratish salohiyatiga ega boʻlgan mamlakatdir. Shubhasiz, "Imom Buxoriy" kreativ guruhi tomonidan tashkil etilgan bugungi koʻrgazma Indoneziyada yilning eng muhim va yorqin madaniy voqeasi boʻlib qoladi hamda ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidan munosib oʻrin egallaydi. Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston hukumatiga ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman", dedi u.

Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon oʻz chiqishida, Imom Buxoriy islom olamining buyuk shaxslaridan biri ekanini qayd etdi. "Donishmand Oʻzbekiston hududida tavallud topgan. Ul zotning qadimiy Samarqand yonida joylashgan maqbarasi bugungi kunda dunyo musulmonlarining muqaddas ziyoratgohi hisoblanadi. Ushbu ziyorat amalini bajarish har bir indoneziyalikning orzusi. Ishonchim komilki, bugun ochilayotgan Oʻzbekiston islom sanʼati koʻrgazmasi xalqimizda katta qiziqish uygʻotib, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi xalq diplomatiyasini yanada kengaytirish uchun turtki boʻladi va madaniy-gumanitar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", dedi madaniyat vaziri. 

"Imom Buxoriy: Oʻzbekiston islom sanʼati" koʻrgazmasi 2025-yil fevral oyiga qadar davom etadi.

Manba: "Dunyo" AA

Yangiliklar

Yana oʻqing

Barcha yangiliklar
Yangiliklar

Parij Bosh masjidiga tashrif

9-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Bosh masjidiga tashrif buyurib, uning…