Buyuk Britaniyada mamlakat ilmiy jamoatchigi hamda vatandoshlar uchun Oʻzbekistonga oid taqdimot oʻtkazildi

Yuqorida maʼlumot berilganidek, Buyuk Britaniyada boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasida nufuzli ekspert va ilmiy doira vakillari, mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbir davomida yigʻilganlarga Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida maʼlumot taqdim qilindi. Shuningdek, “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar” mavzusida film namoyish etildi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati va ilmiy nashrlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Delegatsiya aʼzolari vatandoshlar bilan uchrashib, Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarning “Yoshlarga nasihat”, “Fitna koʻz ilgʻamas xatar”, “Ixtilofli masalalar yechimi” kabi kitoblarini taqdim etdilar.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati