Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-öqituvçilari, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi Malayziyada bölib turibdi.

Taşrif doirasida joriy yilning 23 oktyabr sanasida Malayziya islomni anglaş institutida tomonlar örtasida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda diniy-maʼrifiy sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini…

Taşrif doirasida joriy yilning 23 oktyabr sanasida Malayziya islomni anglaş institutida tomonlar örtasida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda diniy-maʼrifiy sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş, jumladan, hamkorlikda konferensiya va seminarlar taşkil etiş, dolzarb mavzularga bağişlangan ilmiy maqolalar çop etiş, Movarounnahr zaminidan yetişib çiqqan buyuk mutafakkir allomalarning hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosiga bağişlangan körsatuv va eşittirişlar tayyorlaş hamda ularning Malayziyadagi namoyişini amalga oşiriş kabi bir qator muhim masalalar muhokama qilinib, kelişuvlarga erişildi. 

Eʼtiborlisi, muzokaralar davomida Malayziya islom sanʼati muzeyida Özbekistonning qadimiy va boy tarixi, ziyorat turizmi imkoniyatlarini namoyiş etuvçi köçma foto körgazma taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parijda yangragan uçinçi renessans sadosi

Bunday taqdimotlar orqali jahon hamjamiyati Özbekistonning betakror maʼnaviy salohiyati, şonli ötmişi, boy madaniy merosi, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qöşgan beqiyos hissasidan yana…