Imom Moturidiy haqidagi asar fors tilida nashr qilindi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi doktor Ahmad Saʼd Damanhuriy tomonidan yozilgan arab tilidagi "Sadd as-sugʻur bi siyrat alam al-huda Abi Mansur" nomli asar fors tiliga tarjima qilinib nashr etildi.
Taʼkidlash lozimki, bunga qadar ushbu asar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi (https://t.me/moturidiyuz) tomonidan oʻzbek tiliga ("Imom Moturidiy hayotiga chizgilar" nomi ostida), shuningdek, germaniyalik tadqiqotchilar tomonidan nemis tiliga ham oʻgirilgan edi.
