✍️ Аl-Аzhar majmuasida oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillarining
al-Аzhar universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanayotgani, shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi ilmiy-tadqiqot markazlarining faoliyati talabalarga yetkazildi.
Shuningdek, uchrashuvda Markaz ilmiy xodimlari anʼanaviy moturidiy taʼlimotidagi moʻtadillik, bagʻrikenglik masalalarini tushuntirib, adashgan oqimlar taʼsiriga tushishni oldini olish boʻyicha tegishli tavsiyalar berdilar.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida Markaz bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot yoʻnalishida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qator takliflar bildirdilar.
Suhbat yakunida, talabalarga Markaz kitoblari taqdim etildi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
