Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqi

Hurmatli Tuliya Ekson Xonim oliyalari! Hurmatli Martin Çungong Janobi oliylari! Hurmatli parlamentlar rahbarlari va aʼzolari! Xonimlar va janoblar! Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida…

Hurmatli Tuliya Ekson Xonim oliyalari!

Hurmatli Martin Çungong Janobi oliylari!

Hurmatli parlamentlar rahbarlari va aʼzolari!

Xonimlar va janoblar!

Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida iştirok etiş uçun dunyoning barça qitʼalaridan kelgan nufuzli delegatsiyalarni Özbekiston zaminida samimiy qutlaşdan ğoyat xursandman.

Öz safida 181 ta milliy parlament va 15 ta mintaqaviy uyuşmani birlaştirgan Ittifoqning Assambleyasi ilk marta Markaziy Osiyo mintaqasida bölib ötmoqda. Anjumanning azim poytaxtimiz &ndaş; Toşkent şahrida ötkazilayotgani bizga ulkan iftixor bağişlaydi.

Bunday yuksak işonç va ehtiromni biz yurtimizda olib borilayotgan keng kölamli demokratik islohotlar, parlamentarizm va vakillik hokimiyatini rivojlantiriş borasida erişilayotgan katta natijalarning eʼtirofi, deb qabul qilamiz.

Men ham 15 yil davomida parlament aʼzosi bölganman. Dunyoni tinç-osoyişta, jamiyatlarni yanada farovon qilişga qaratilgan olijanob faoliyatingiz naqadar masʼuliyatli ekanini yaxşi bilaman va tuşunaman.

Sizlar &ndaş; bamisoli xalqlarni bir-biriga boğlovçi mustahkam döstlik köprigisiz. Sizlar &ndaş; odamlarning dardu taşvişi va muammolarini eng quyi tizimdan boşlab, kerak bölsa, mintaqaviy va xalqaro miqyosga olib çiqişga, ularga samarali yeçim topişga qodir bölgan qudratli kuçsizlar.

Albatta, sizlar öz xalqlaringizning xohiş-irodasini namoyon etib, milliy taraqqiyot modellarini işlab çiqişda, zamonaviy xavf-xatarlarga munosib javob berişda katta rol öynamoqdasiz.

Fursatdan foydalanib, Parlamentlararo Ittifoq rahbariyatiga, taşkilotga aʼzo va kuzatuvçi davlatlarning qonunçilik organlari hamda xalqaro parlament uyuşmalari vakillariga çin dildan samimiy taşakkur izhor etaman.

Özbekistonga xuş kelibsiz, aziz mehmonlar!

Hurmatli Assambleya iştirokçilari!

Sir emas, sönggi yillarda dunyoning turli mintaqalarida qurolli töqnaşuvlar, ekologik va texnogen fojialar, iqtisodiy inqirozlar, “savdo uruşlari”, terrorizm va ekstremizm tahdidlari tobora kuçayib bormoqda. Bunday öta murakkab şaroitda jahonda tinçlikni saqlaş, ijtimoiy taraqqiyot va adolatni taʼminlaşda parlamentlar iştiroki va taʼsirini oşirişni zamonning özi talab etmoqda.

Vakillik diplomatiyasini amalga oşiriş, dolzarb masalalarni xalqlar va davlatlarning umumiy manfaatlari asosida tizimli hal etişda Parlamentlararo Ittifoq nufuzli
va eng yirik köp tomonlama institutga aylanganini alohida taʼkidlamoqçiman.

Ittifoqning Birlaşgan Millatlar Taşkilotida doimiy kuzatuvçi maqomiga ega ekani uning global barqarorlik va hamjihatlikka qöşayotgan hissasining ifodasidir. Bugungi anjumanda 140 ga yaqin davlatdan 2 mingdan ziyod iştirokçilar qatnaşayotgani ham fikrimning yorqin dalilidir.

Bizning taşabbusimiz bilan Assambleya “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uçun parlament harakati” mavzusida ötkazilayotgani albatta çuqur ramziy maʼnoga ega.

Tahlillarga köra, sönggi öttiz yilda jahon yalpi içki mahsuloti hajmi 4,5 barobarga ortgan. Lekin, afsuski, insoniyatning kambağal qatlamlari daromadlari deyarli özgarmagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 2030 yilga borib dunyo aholisining 575 million nafari qaşşoqlikda umr keçiradi. 84 million bola esa taʼlim oliş imkoniyatidan mahrum böladi.

Öz-özidan ravşanki, bu holat iqtisodiyot va jamiyatga katta zarar yetkazadi, ijtimoiy-iqtisodiy institutlar faoliyatini zaiflaştiradi, pirovard natijada odamlarning imkoniyatlarini çeklaydi.

Albatta, bunday tengsizlikning asl sabablarini aniqlaş va uning oqibatlariga qarşi kuraşiş barçamizning asosiy vazifamizdir.

Işonaman, uşbu yönalişda davlatlarning vakillik organlari örtasida köp qirrali hamkorlikni yölga qöyiş va yanada kengaytiriş umumiy taraqqiyotimizga munosib hissa qöşadi.

Bu borada parlamentlar eng yaxşi anʼana va ilğor tajribalarni işga soliş va almaşiş, özaro saʼy-harakatlarni birlaştirgan holda, bor intellektual salohiyati va kuçini töliq safarbar qilişiga umid qilaman.

Barçangizga ana şunday şarafli işda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari va aʼzolari!

Bugungi kunda Yangi Özbekiston ortga qaytmas demokratik islohotlar va pragmatik taşqi siyosat yölidan dadil qadam bosib, dunyo hamjamiyati bilan oçiq va jadal muloqot olib bormoqda.

Biz mamlakatimizda kuçli va masʼuliyatli parlamentni barpo etiş, samarali parlament diplomatiyasini tatbiq qiliş uçun keng şaroitlar yaratyapmiz.

“Özbekiston &ndaş; 2030” strategiyasida parlament institutini rivojlantirişni muhim vazifa sifatida alohida belgiladik. Sönggi yillarda qonun çiqaruvçi hokimiyatning jamiyat va davlat hayotidagi örnini oşirişga qaratilgan 20 dan ziyod qonunlar qabul qilindi.

Ayniqsa, 2023-yili umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi Konstitutsiyada parlament vakolatlari keskin oşirildi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senat vakolatlari esa 14 tadan 18 taga yetkazildi. Sud, korrupsiyaga qarşi kuraş va raqobat organlarini şakllantiriş böyiça Prezidentning qator vakolatlari qonun çiqaruvçi hokimiyatga ötkazildi. Parlamentning Hukumatni şakllantirişdagi iştiroki, huquqni muhofaza qiluvçi organlar ustidan nazorat mexanizmlari yanada kuçaytirildi.

Bu özgarişlarga mos tarzda hududlarimizda ham xalq deputatlari mahalliy kengaşlarining vakolatlari kengaytirildi. Jumladan, 30 dan ortiq vakolatlar mahalliy kengaşlarga ötkazildi va bu jarayonlar izçil davom ettirilmoqda.

Milliy parlamentimizda xotin-qizlarning uluşi bugungi kunda 38 foizga yetdi. Mazkur körsatkiç Parlamentlararo Ittifoq tomonidan yuksak eʼtirof etilib, Osiyo mintaqasida sönggi öttiz yilda eng yuqori ösiş sifatida baholangani bizga alohida mamnuniyat bağişlaydi.

Bundan taşqari, 2021-yilda Oliy Majlis palatalari qoşida ilk bor yoşlar parlamentlari faoliyati yölga qöyildi.

Ayni paytda milliy parlamentimiz 100 ga yaqin xorijiy hamkorlari bilan yaqin aloqalar örnatgan. 80 ta qöşma döstlik guruhlari va komissiyalari samarali işlayapti.

Özbekiston parlament yönalişida global ahamiyatga molik bölgan qator xalqaro taşabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Xususan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining “Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişni jadallaştirişda parlamentlarning rolini kuçaytiriş töğrisida”gi rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Ittifoq bilan hamkorlikda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun har ikki yilda Parlamentlararo global hamkorlik forumi ötkazib kelinmoqda.

Özbekiston vakillari Osiyo Parlamentlari Assambleyasi, Markaziy Osiyo parlamentlari forumi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Parlament Assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Parlamentlar Assambleyasi va boşqa platformalarda faol iştirok etmoqda.

Umuman, bugungi kunda vakillik organlarimiz Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş, fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy himoya va kambağallikni qisqartiriş, gender tenglikni taʼminlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça ham öz zimmasiga katta masʼuliyat olgan.

Uşbu ezgu maqsadlarni röyobga çiqariş uçun parlamentimizda yetarli salohiyat, yuksak tafakkur va boy tajribaga ega, saylovçilarning mustahkam işonçini qozongan jonkuyar va fidoyi xalq noiblari faoliyat yuritmoqda.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Jahonda yuz berayotgan bugungi global özgarişlar Parlamentlararo Ittifoq va milliy parlamentlarimiz oldiga yangidan-yangi vazifalarni qöymoqda.

Hozirgi vaqtda Özbekiston uşbu Taşkilotning tölaqonli aʼzosi sifatida uning barça tuzilma va forumlari işida faol iştirok etib kelmoqda. Global kun tartibidagi ustuvor yönalişlar böyiça sermahsul amaliy hamkorlikni yölga qöyganmiz.

Ijozatingiz bilan quyidagi masalalarga alohida töxtalib ötmoqçiman.

Birinçi. Jahonning turli mintaqalaridagi nizolar global va mintaqaviy tinçlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda.

Özbekiston har qanday ziddiyat va qarama-qarşiliklarni faqat diplomatiya va tinç muzokaralar yöli bilan hal etişning qatʼiy tarafdori ekanini yana bir bor taʼkidlamoqçiman.

Umid qilamizki, Ukraina atrofidagi vaziyat böyiça boşlangan muzokaralar jarayoni özining ijobiy natijasini albatta beradi.

Eng oğriqli muammolarga xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Nizomi va rezolyutsiyalari asosida yeçim topiş muhim, deb hisoblaymiz.

Jumladan, Falastin &ndaş; Isroil nizosining yagona va adolatli yeçimi “ikki xalq uçun &ndaş; ikki davlat” tamoyilini röyobga çiqarişdan iboratdir.

Bizga qöşni bölgan Afğoniston haqida töxtalib ötmaslik mumkin emas. Uşbu mamlakatning xalqaro maydonda yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik, amaldagi hukumat bilan konstruktiv muloqot örnatiş, Afğonistonga Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi va yangi imkoniyatlar makoni sifatida qaraş lozim, deb hisoblaymiz. Bu borada parlamentlarning kömagiga işonamiz.

Umuman olganda, Özbekiston Birlaşgan Millatlar Taşkilotini universal va muqobili yöq yagona global tuzilma sifatida eʼtirof etadi. Biz bu borada Boş kotib Antoniu Guterrişning mazkur xalqaro taşkilotni çuqur isloh qiliş, uning salohiyatini oşiriş böyiça olib borayotgan tizimli saʼy-harakatlarini töliq qöllab-quvvatlaymiz.

Şu bilan birga, Yevrosiyo guruhining Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan bayonotini töla olqişlaymiz.

Ikkinçi. Davrimizning ötkir muammosiga aylangan, sayyoramiz taraqqiyotiga jiddiy tösiq bölayotgan iqlim özgarişlari doimo diqqatimiz markazida bölişi kerak. Çunki uning ayançli oqibatlari, eng avvalo, rivojlanayotgan mamlakatlarga kuçli taʼsir körsatmoqda.

Parij bitimi doirasida va uglerod neytralligiga erişiş borasida öz zimmamizga olgan majburiyatlarni töliq bajariş har qaçongidan ham muhimdir.

Bu masalalarni kuni keça Samarqandda bölib ötgan xalqaro iqlim forumida ham atrofliça muhokama qildik.

Davlatlarning iqlim siyosati böyiça ilğor taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, qayta tiklanadigan energiya manbalari va “yaşil” texnologiyalarga ötişni rağbatlantiriş parlamentlarning muhim vazifasiga aylansa, albatta, salmoqli yutuqlarga erişamiz.

Iqlim özgarişi mavzusi Assambleyaning kun tartibidagi boş masalalardan biri sifatida doimiy örin olişi kerak, deb hisoblaymiz.

Uçinçi. Xotin-qizlar huquqlarini qatʼiy qaror toptiriş ijtimoiy taraqqiyotning asosiy şartlaridan biridir.

Tahlillarga köra, iqtisodiyotning barça tarmoqlarida ayollarning erkaklar bilan teng iştiroki taʼminlansa, jahon yalpi içki mahsuloti hajmi 26 foizga ösadi. Dunyo miqyosida ayol deputatlarning uluşi 1995 yildagi 11,3 foizdan joriy yilga kelib 27,2 foizga kötarilgani albatta quvonarli holdir.

Jamiyat boşqaruvida ayollar faolligini qöllab-quvvatlaş böyiça taʼsirçan çoralar yordamida, heç şubhasiz, yangi natijalarga erişamiz.

Sönggi yillarda yurtimizda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti institutlari va Parlamentlararo Ittifoq bilan hamkorlikda Osiyo xotin-qizlar forumi va Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti samarali ötkazilganini alohida taʼkidlamoqçiman.

Şu bois bizning taşabbusimiz bilan ilgari surilayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining “Osiyo xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar faolligini oşiriş töğrisida”gi rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlaşingizga umid qilaman.

Törtinçi. Yoşlarning parlament faoliyati bilan bir qatorda jamiyat hayotining barça jabhalarida tölaqonli iştirok etişi uçun ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş öta dolzarb masaladir.

Parlamentlar uçun yangi avlodni tarbiyalaş, bu borada samarali xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş kelajagimizning muhim omilidir. Şu bois milliy parlamentlar hamda Ittifoq faoliyatiga yoşlarni faol jalb etib, doimiy muloqotni kuçaytiriş zarur, deb öylayman. Bu borada Parlamentlararo Ittifoq tizimi doirasida Yoşlar parlamentlari global platformasini taşkil etiş va uning taʼsis forumini Özbekistonda ötkazişni taklif qilaman.

Beşinçi. Har bir insonning ijtimoiy himoyaga bölgan huquqlarini taʼminlaş, xalqaro standart va meʼyorlar asosida sifatli xizmatlar körsatiş har qaçongidan ham dolzarb masaladir.

Biz Özbekistonni ijtimoiy davlat, deb eʼlon qilib, aholining har tomonlama himoyasini taʼminlaşni siyosatimizning ustuvor yönalişi etib belgiladik. “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiryapmiz.

Oxirgi sakkiz yilda 7 milliondan ziyod aholi kambağallikdan çiqarilib, uning darajasi 35 foizdan 8,9 foizga tuşirildi. Joriy yilda bu körsatkiçni 6 foizga pasaytirişni maqsad qilganmiz.

Şu yil sentyabr oyida yurtimizda bölib ötadigan kambağallikni qisqartirişga bağişlangan xalqaro konferensiya işida davlatlaringiz parlamentlari vakillarini faol iştirok etiş uçun taklif qilamiz.

Yana bir muhim masala. Hozirgi kunda barça jabhalarga keng kirib kelayotgan sunʼiy intellekt sohasida tizimli hamkorlikni kuçaytirişni bugungi zamonning özi bizdan talab etmoqda.

Sunʼiy intellektdan foydalaniş etikasi böyiça model qonun işlab çiqilsa, uşbu innovatsion huquqiy asos dunyo miqyosida tez rivojlanayotgan uşbu sohani samarali tartibga solişda barça davlatlar uçun öziga xos namuna bölar edi.

Hurmatli parlamentlar rahbarlari va aʼzolari!

Bizning barça taklif va taşabbuslarimiz Parlamentlararo Ittifoqning Strategiyasi maqsadlariga töla mos ekani bilan ahamiyatlidir.

Şu bilan birga, yondaşuvlarimiz bugungi tarixiy Assambleya yakunlari böyiça qabul qilinadigan Toşkent deklaratsiyasida ham öz ifodasini topadi, deb işonaman.

Albatta, dunyodagi heç bir davlat va jamiyat faqat köplab qonun yoki qarorlar qabul qiliş bilan rivojlana olmaydi. Barçamiz bu yölda birlaşib, qonun ijodkorligi ruhini kuçaytirib, bor bilim va tajribamizni yagona maqsad sari safarbar etiş orqali umumiy maqsadimizga erişa olamiz.

Assambleya doirasida ötayotgan 70 ga yaqin turli tadbir va debatlarda parlamentlar oldida turgan eng asosiy vazifalar yuzasidan atrofliça fikr almaşiladi hamda istiqbolli rejalar belgilab olinadi, deb işonaman.

Qabul qilinadigan barça qarorlar esa köp qirrali va uzoq muddatli hamkorligimiz tarixida yangi sahifa oçadi.

Aziz döstlar!

Xalqaro hamjamiyatning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş, ijtimoiy adolat va tenglikni taʼminlaş hamda yuksak demokratik qadriyatlarni ilgari suriş yölidagi ezgu faoliyatingizda barçangizga mustahkam soğliq va tuganmas kuç-ğayrat yor bölsin!

Assambleya işiga katta yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman.

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

Yangiliklar

Yana öqing

Barça yangiliklar
Yangiliklar

Parij Boş masjidiga taşrif

9-oktyabr kuni Din işlari böyiça qömita, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari Parij Boş masjidiga taşrif buyurib, uning…