Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri &ndaş; Abu Mansur Moturidiyning ilmiy-maʼrifiy merosi nafaqat bizning, balki butun insoniyatning maʼnaviy xazinasidir. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nişonlaş töğrisidagi qarori bu bebaho merosni yanada çuqur örganiş va jahonga keng tanitiş uçun ulkan imkoniyatlar eşigini oçadi.
Mazkur qaror buyuk mutafakkir ajdodimizning ilmiy-maʼrifiy merosini çuqur tadqiq etiş, uning taʼlimotidagi insonparvarlik va bağrikenglik ğoyalarini keng yoyiş uçun dasturilamal vazifasini ötaşi şubhasiz. Qaror Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi uçun ham öziga xos quvonç va ğurur nişonasiga aylandi.
Zero, uşbu huquqiy hujjatda belgilangan asosiy maqsadlardan biri Imom Moturidiy va uning davomçilari ilmiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib etiş bölib, bu Markaz faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişga asos böladi.

Taʼkidlaş lozimki, moturidiylik yuzlab olimlar va ularning bebaho asarlarini özida jamlagan aqida maktabi sanaladi. X asrda Samarqandda şakllangan uşbu maktab Imom Moturidiyning izidan borgan Abu Muin Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Nuriddin Sobuniy, Kamol ibn Humom va Kamoliddin Bayoziy singari olimlar faoliyati tufayli yanada rivojlanib, ommalaşgan. Ular öz asarlari orqali “moturidiylik kutubxonasi”ni yanada boyitganlar. Bugun uşbu kutubxonaning nodir manbalarini aniqlaş, ularni ilmiy jamoatçilik va xalqimizga yetkaziş dolzarb vazifalardan biriga aylangan.
Bugungi kungaça yurtimiz va xorijda moturidiylik taʼlimotiga oid köplab fundamental manbalar örganilib, bir qator kitob, risola, monografiya va maqolalar naşr yuzini kördi. Manba va adabiyotlar köpaygani sari, ularning umumiy röyxatini şakllantiriş &ndaş; bibliografiya yaratiş vazifasi ham kun tartibiga çiqdi.
Avvalroq bu borada yurtimiz va xorijlik olimlar tomonidan baʼzi urinişlar amalga oşirilgan bölsa-da, ularda maʼlum asarlar yetişmasligi va sönggi yillarda yana yangi kitoblar çop etilgani tufayli keng qamrovli, nisbatan töliq röyxatni öz içiga oluvçi bibliografiyaga ehtiyoj sezildi. Şu maqsaddan kelib çiqqan holda, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Moturidiylik taʼlimoti bibliografiyasi” kitobi naşr etildi. Bu moturidiylik böyiça alohida kitob şaklida naşr qilingan ilk bibliografiya hisoblanadi.
Uşbu yangi naşr “Klassik manbalar”, “Zamonaviy adabiyotlar” va “Dissertatsiyalar” nomli uç bölimdan iborat. Birinçi bölimda Imom Moturidiydan XX asrgaça bölgan olimlarning aqidaga oid asarlari, ularning qölyozma va zamonaviy naşrlari qamrab olingan. Ikkinçi bölimda moturidiylik böyiça yozilgan turli kitob, risola va monografiyalar, uçinçi bölimda esa Özbekiston va xorijda himoya qilingan magistrlik hamda doktorlik dissertatsiyalari röyxati keltirilgan.
Bibliografiyada jami 1 ming 293 ta asar qamrab olingan bölib, şundan 474 tasi klassik manbalar, 486 tasi zamonaviy adabiyotlar, 333 tasi dissertatsiyalardir. Kitobda moturidiylik aqidasiga oid eng keng tarqalgan asarlarning şarhlari ham alohida bobga jamlangan. Jumladan, butun musulmon olamida maşhur “Aqoidi Nasafiy” risolasining 100 ga yaqin şarh va hoşiyalari röyxati örin olgan.
Ingliz tiliga ham tarjima qilingan uşbu bibliografiya moturidiyşunos olimlar va aqida yönalişidagi tadqiqotçilar uçun muhim qöllanma vazifasini ötaydi, deb ayta olamiz. Bundan taşqari, bibliografiyalar tabiatan davriy yangilanişga muhtoj, şu sababli kelgusida uşbu bibliografiya ham yangi manba va adabiyotlar bilan töldirib boriladi.
Umuman olganda, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, Imom Moturidiy va uning davomçilari merosini örganişga davlat darajasida eʼtibor qaratilişi sohaga doir yangi tadqiqot va naşrlar uçun ilhom va tayanç ölaroq xizmat qilmoqda.
Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği.
