"Jaholatga qarshi maʼrifat" tadbirlari davom etmoqda
✍️ Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari bilan yoshlarni sogʻlom fikrli va mustahkam eʼtiqodli qilib tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
✔️ Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Doston Mustafoyev ishtirok etib, "Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!" va "Inson huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori" mavzularida maʼruza qildi.
✔️ Maʼruzada bugungi kunda yoshlar ongini turli zararli gʻoyalar va yot taʼsirlardan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida soʻz bordi. Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, jamiyat taraqqiyotida maʼnaviyatning oʻrni, yoshlarning barkamol shaxs boʻlib ulgʻayishida ilm-maʼrifatning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
✔️ Tadbir jarayonida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
