Tabrik

Yurtimizda Vatan himoyasidek muqaddas vazifani yuksak sharaf bilan ado etayotgan barcha vatandoshlarimizni e’zoz va ehtirom etib, har yili
“14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi.
Fursatdan foydalanib, Vatanimizning mard va jasur himoyachilari bo‘lgan Siz azizlarga Yaratgandan mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar ato etishini so‘rab qolamiz.
Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi