"Jaholatga qarshi – maʼrifat" mavzusida seminar oʻtkazildi
2025-yil 18-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Sarbon universitetida "Jaholatga qarshi — maʼrifat" va "Inson huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori" mavzularida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi zamonaviy islom tadqiqotlari boʻlimi katta ilmiy xodimi Ulugʻbek Joʻrayev maʼruza bilan ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarga internet tarmoqlaridagi radikal kontentlardan saqlanish, radikallashuvning oldini olish, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash, jamiyatda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni yanada qoʻllab-quvvatlashning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
