📞 +998 (71) 244-35-36 📍 Toshkent sh., Abdulla Qodiriy k-si, 11-uy

Shermuxamedov Komiljon Abduvaliyevich

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Shermuxamedov Komiljon Abduvaliyevich 1978-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1999-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2001-yil esa mazkur institutning magistratura bosqichini tamomlagan.

2021-yilda tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2023-yilda “Dinshunoslik” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan.

2002-2017-yillarda Toshkent islom universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy kotib, Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2017-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritgan.

Shermuxamedov Komiljon 30 dan ziyod kitob, monografiya, oʻquv qoʻllanma, darslik, risola, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi.