ALLOQULOV ABDULLATIF ABDULLAYEVICH

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari boʻlimi boshligʻi

Alloqulov Abdullatif Abdullayevich 1982 yil Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tugʻilgan. 2006 yil Toshkent islom universitetining bakalavriati, 2008 yil esa ushbu oliygohning magistraturasini tamomlagan. Islomshunos mutaxassis.

Alloqulov Abdullatif Abdullayevich 2018 yilda tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va uning sharhlari tahlili” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Alloqulov Abdullatif 2008-2015 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2015-2017 yillarda Toshkent islom universiteti tayanch doktoranti, 2018-2019 yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Hadisshunoslik boʻlimi mudiri, 2019-2020 yillarda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasi mudiri, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi Islomshunoslik boʻlimi mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.

2015 yilda Qozogʻiston, 2018 yilda Turkiya mamlakatlarida oʻtkazilgan xalqaro anjumanlarda maʼruzalar bilan ishtirok etgan. 

Hozirda Alloqulov Abdullatif Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-2022 yillarga moʻljallangan FZ-202002144 – “Moturidiya taʼlimotiga oid aqidaviy matnlarning akademik tarjima va sharhlari hamda ularning elektron kutubxonasini yaratish” amaliy loyihasiga rahbarlik qilmoqda.

U 40 dan ziyod maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va risolalarning muallifi hisoblanadi.