09.01.2022
338

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy hay’ati haqida

MA’LUMOT

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qoshidagi Xalqaro ilmiy hay’at moturidiylik ta’limotini chuqur o‘rgangan, dunyoda e’tirof etilgan olim va mutaxassislarni o‘zlarida jam qilgan. Hay’at qarorlari tavsiyaviy harakterga ega.

Asosiy maqsad – mo‘‘tadil ta’limotni keng targ‘ib qilish, Markaz faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jahonning eng ilg‘or tajribalarini Markaz faoliyatiga tatbiq etishga ko‘maklashish, islomshunoslik, xususan, moturidiyshunoslikka oid dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy yechim va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish sanaladi.

Xalqaro ilmiy hay’at tarkibi 22 nafar bo‘lib, ular tarkibida Misr, Turkiya, Iordaniya, Albaniya, Germaniya, Rossiya, Malayziya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, O’zbekiston olim va mutaxassislar ishtirok etadi. Rais – O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliknazarov sanaladi.

Xalqaro ilmiy hay’at nizomida Hay’atning ishchi tillari sifatida o‘zbek, arab va ingliz tillari belgilangan. 

Xalqaro ilmiy hay’atning birinchi yig‘ilishi 2021 yil 17 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Hay’at nizomi va tarkibini tasdiqlash, islom olamida mo‘‘tadil ta’limotni keng targ‘ib qilish, diniy ta’lim muassasalarida moturidiylik ta’limoti o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish, jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, moturidiylik ta’limotiga oid qo‘lyozmalarni jamlash, ularning elektron platformasini yaratish, Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya nizomini tasdiqlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Qo‘shimcha malumot

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry