Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4802-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Markazning asosiy maqsadi buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta’limoti asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma’naviy va ma’rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk vatandoshimiz Imom Moturidiy va moturidiy allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va kiyosiy matnlarini nashr etish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
- Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarimizning kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
- islom dinining insonparvarlik mohiyati, uning ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish;
- mamlakatimizda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarimizning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to‘plash va ularni kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
- islom ilmlari, xususan kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjumanlar konferensiya, simpozium, ko‘rgazma va ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
- tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internetda e’lon qilishni tashkil qilish;
- islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish;
- “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish.
Markazda “Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi”, “Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi”, “Tarjimalar bo‘limi” va “Nashrlar bo‘limi” nomli 4 ta ilmiy bo‘lim, shu bilan bir qatorda, Xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Axborot-resurs markazi mavjud.
Markazda 40 nafar xodim, shu jumladan, 24 nafar ilmiy xodim faoliyat olib ko‘rsatadi. Markazda 1 nafar misrlik, 1 nafar qirg‘izistonlik tadqiqotchi xizmat ko‘rsatmoqda.
Markaz qoshida ilmiy-tadqiqot sohasida jahonning eng ilg‘or tajribalari va innovatsion uslublarini Markaz faoliyatiga tatbiq etish, islomshunoslik, xususan, moturidiyshunoslikka oid dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy yechim va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, islomshunoslikka oid zamonaviy dolzarb masalalar yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro ilmiy hay’at tashkil etilgan.
Xalqaro ilmiy hay’at tarkibi Muhammad Nazir Ayyad, Rafik Muxametshin, Mustafa Cherich, Said Fuda, Hamza Bakriy, Anjelika Broderson, Hulya Alper, Moxanad Xurshid, Yusuf Shavqi Yavuz, Abubakr Muttaqiy, Kamaluddin Nuriddin Merjuniy, Ashirbek Mo‘minov, Zaylabidin Ajimamatov, Davronbek Maxsudov, Ahmad Damanhuriy, Ramil Adыgamov, Homidjon Ishmatbekov, Shovosil Ziyodov, Saidmuxtor Oqilov, Xabibullo Sagdiev, Abdullatif Alloqulov kabi 22 nafar a’zodan tashkil topgan.
Izohlar