24.11.2021
510

"Fiqh ul akbar sharhi "

Imomi A’zam Abu Hanifa Noʻmon ibn Sobit Kufiy (80–150 h./699–767 m.) rahmatullohi alayh tobein, ulug‘ mujtahid va faqih, buyuk imom bo‘lib, hanafiy mazhabining muassisidirlar. U zot islom aqoidiga oid bir necha asar bitganlar. Aqida ilmini “al-Fiqh al-akbar” (“Eng katta fiqh” yoki “Ulug‘ fiqh”) deb ataganlar va shu nomda asar ham yozganlar. Undagi aqidaviy masalalar ahli sunnat va jamoat ta’limotining asosini tashkil qiladi. Zero, bu asar buyuk vatandoshimiz, hanafiy faqihi, mufassir va mutakallim olim Abu Mansur Moturidiy (256–333 h./870–944 m.) rahimahulloh bir tizimga solib bergan moturidiya ta’limotining eng asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. 
“al-Fiqh al-akbar” matni qayta-qayta nashr qilinib, butun dunyo tillariga tarjima qilingani uning bugungi kunda ham dolzarbligini bildiradi. Asar o‘zbek tiliga ham bir necha marta tarjima qilingan bo‘lsa ham, ushbu nashrda u akademik tadqiqot va ilmiy-izohli tarjima sifatida qayta namoyon bo‘lgan. Kitob kalom va aqida ilmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va bilimli o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

Qo‘shimcha malumot

MOTURIDIYLIK TA’LIMOTI VA HOZIRGI ZAMON konferensiya to'plami
To'plamni yuklab olish uchun quyidagi silkani ustiga bosing.Yuklab olish silkasi
Ta’vilotdan durdonalar
Ushbu risolada Imom Moturidiyning “Ta’vi­lot al-Qur’on” asarining 29- va 30-juz­larida kelgan odob-axloqqa oid hikmatli so‘zlar xalqchil tarzda bayon qilingan.Kitob olimlar,...
Матуриди – имам истинного пути
Kitobni yuklab olish uchun link ustiga bosing

Izoh qoldirish

Izohlar

22.02.2024 00:00
Ассалому алайкум. Бу китоблар ҳозирда сотувга чиққанми. Айни қайси дўконда бор.
Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry