25.01.2023
115

DO‘STIMDAN FOYDA KO‘RMAYMAN

Abu Hanifa rahmatullohi alayh do‘konda mato sotayotgan edilar. Shunda bir kishi kelib: “Ey Abu Hanifa menga falon gazlama kerak edi”, dedi.
Abu Hanifa rahmatullohi alayh: “Rangi qanaqa bo‘lsin”, dedilar.
U: “Falon, falon rangda”, dedi.
Abu Hanifa rahmatullohi alayh: “Biroz sabr qil. Alloh hoxlasa, sen so‘ragan matoni topib beraman”, dedilar.

Oradan bir hafta o‘tmasdan Abu Hanifa u insonga so‘ragan narsasi topilgani haqida xabar berdi. Xaridor kelganda uning oldiga so‘ragan matoni qo‘ydilar. Xaridor o‘zi istagan matoni ko‘rib xursand bo‘lib: “Ey Abu Hanifa, bu mato uchun qancha pul beraman?” dedi.
Abu Hanifa rahmatullohi alayh: “Bir dirham bersangiz bo‘ladi”, deb javob berdi.
Xaridor: “Men bilan hazillashyapsiz shekilli?” dedi hayratlanib.

Abu Hanifa rahmatullohi alayh: “Aslo hazil qilayotganim yo‘q. Bugun bu mato bilan birga yana bitta gazlamani 20 dinoru bir dirhamga sotib oldim. Uning bittasini 20 dinorga sotdim. Bu bir dirhamlik mato esa qoldi. Men do‘stlarimdan foyda olmayman”, deb javob berdi.

Muhammad Siddiq Minshaviy "Imom Abu Hanifa hayotidan"

Qo‘shimcha malumot

Kun hikmati
Hasan Basriy aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, Alloh uni shaytondan saqlaydi va unga do‘zaxni harom qiladi: istak, qo‘rqinch, shahvat va...
Kun hikmati
Hazrat Umar roziyallohu anhu: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki duo qilishga ilhom berilsa, albatta...
Kun hikmati
Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu aytadilar: "Men Alloh taolodan biror narsani so‘rayman. Agar so‘ragan narsamni ato etsa, bir marta...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry