07.01.2023
305

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo'limlari

Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi

Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosini o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini tayyorlash, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti yuzasidan zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, Sharq allomalari asarlarining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari ustida tizimli tadqiqotlar olib borish, shu jumladan, ularni tahqiq qilish, faksimile nusxalarini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Bo‘limda 7 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Hozirgi vaqtda bo‘lim tomonidan Imom Moturidiy “Tav’ilot al-Qur’on”, “Kitob at-tavhid” asarlarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish ustida ish olib borilmoqda. Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya”, Mulla Ali Qorining “Sharh al-Fihq al-akbar” asarlari, moturidiylik ta’limotiga oid aqidaviy matnlar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilindi.

       Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi 

Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi islom dinining insonparvarlik va tinchlikparvarlik mohiyati hamda uning jamiyat hayotidagi ma’rifiy-madaniy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, Sharq allomalari yozma ilmiy merosining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma va toshbosma nusxalari ustida tizimli tadqiqotlarni olib borish, zamonaviy islomshunoslikka oid tadqiqotlar natijalarini ilmiy nashrlar, ommaviy axborot vositalari hamda jahon internet tarmog‘ida e’lon qilish orqali ilmiy jamoatchilikka yetkazish, qomuslar, kataloglar, albomlar chop etish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish kabi bir qator vazifalarni amalga oshiradi.
Bo‘limda 6 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Hozirgi vaqtga qadar bo‘lim tomonidan bir qator, ilmiy tadqiqot natijalari, jumladan, “Mutaassiblikka qarshi mo‘tadillik: metod va tahlillar”, “Dolzarb raddiyalar”, “Muhim savol-javoblar” kabi nashrlar tayyorlangan.

Tarjimalar bo‘limi

Tarjimalar bo‘limi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining asosiy tarkibiy tuzilmalaridan biri bo‘lib, bo‘lim o‘z faoliyati doirasida Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti bo‘yicha yozilgan zamonaviy tadqiqotlarni saralash hamda ularni o‘zbek va boshqa tillarga tarjima qilish, zamonaviy islomshunoslik masalalariga oid kitoblarni o‘zbek va boshqa tillarga tarjima qilish, tadqiqot natijalarini ilmiy nashrlar hamda ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlarida e’lon qilib borishni tashkil etish, Markaz ilmiy xodimlari maqolalarini xorijiy nashrlarda e’lon qilish uchun tarjima qilish, xorijiy tillarda tayyorlangan ma’lumotlarni tahrir qilish, xalqaro konferensiya, simpozium, panel va davra suhbatlarida Markaz nomidan tarjimonlik qilish, “Moturidiylik” jurnaliga topshirilgan xorijlik olimlarning maqolalarini o‘rganib chiqish va tahrir qilish kabi bir qator vazifalarni amalga oshiradi.
Bo‘limda 3 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Nashrlar bo‘limi 

Nashrlar bo‘limi Markaz ilmiy xodimlari hamda boshqa tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan kitob, risola, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, buklet, albom, infografik ma’lumot hamda boshqa materiallarning tahriri va nashrini amalga oshirish, Markaz ilmiy xodimlarining maqolalarini mahalliy va xorijiy, shu jumladan, Scopus, Web of Science va boshqa tizimlarda ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda, konferensiya materiallari to‘plamlarida nashr etishga ko‘maklashish va tashkil qilish, “Moturidiylik” jurnali uchun maqolalar jamlash va ularni tahrir qilish, jurnalni chop etish, Markaz tomonidan tashkil etilgan mahalliy va xalqaro miqyosdagi konferensiya va simpoziumlar materiallari to‘plamlarini nashr etish, ilg‘or nashriyotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ularning tajribalarini o‘zlashtirish  kabi funksiyalarni bajaradi.
Bo‘limda 5 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Xalqaro aloqalar bo‘limi

Xalqaro aloqalar bo‘limi Markazning xalqaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi tuzilmasi hisoblanib, u xorijiy mamlakatlarning universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikda simpozium, konferensiya va ilmiy seminarlarni tashkil etish, Markaz faoliyatiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlarini ko‘rish, Markaz ilmiy xodimlarining xorijiy safarlari, shu jumladan, xorijda stajirovka o‘tashlari hamda malaka oshirishlarini tashkil qilish, Markazga xalqaro grant loyihalarini jalb qilish kabi funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi vaqtda qadar bo‘lim tomonidan Yevropa, Afrika va Osiyo mamlakatlarining nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan 10 dan ziyod Anglashuv memorandumi va boshqa bitimlar imzolangan.

Axborot-resurs markazi 

Axborot-resurs markazi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, Markaz kutubxonasida islomshunoslik, xususan, moturidiyshunoslikka oid qo‘lyozma va toshbosma manbalar hamda zamonaviy nashrlarni saqlash, raqamlashtirish va hamda ularning katalogini yaratish ustida ish olib boradi.
Bo‘limda 4 nafar xodim faoliyat olib boradi.

 

Qo‘shimcha malumot

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry