10.12.2022
265

Movarounnahrda ilk bor azon o’qigan kishi

Abu Hafs Nasafiyning “Kitob al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand” asarida yozilishicha, Movarounnahr hududida ilk bor azon o’qigan kishi mashhur tobein - Abul Oliya Riyohiy rahimahulloh bo’lgan. Abul Oliyaning ismi Rufay’ ibn Mihron bo’lib, u johiliya davrida tug’ilgan va Abu Bakr roziyallohu anhu davrida musulmon bo’lgan. Ko’p muddat Basra shahrida yashagan. Ulug’ sahobalarning ilmidan bahramand bo’lib, hadis, tafsir, qiroat bobida yetuk olimga aylangan. Uning rivoyatlari “Kutubi sitta”dan joy olgan. Ba’zi olimlar Abul Oliya haqida “Sahobalardan keyin Qu’ronni eng yaxshi bilgan kishi” deganlar. U Said ibn Usmon bilan birga Movarounnahrga kelgan. Ibn Sa’dning yozishicha, Abul Oliya hijriy 90-yilda (milodiy 709-yilda) Xuroson yaqinlarida vafot etgan.

Qo‘shimcha malumot

Kun hikmati
Hasan Basriy aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, Alloh uni shaytondan saqlaydi va unga do‘zaxni harom qiladi: istak, qo‘rqinch, shahvat va...
Kun hikmati
Hazrat Umar roziyallohu anhu: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki duo qilishga ilhom berilsa, albatta...
Kun hikmati
Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu aytadilar: "Men Alloh taolodan biror narsani so‘rayman. Agar so‘ragan narsamni ato etsa, bir marta...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry