
28.04.2022
225
Kun hikmati
Din go‘yo bir uyg‘unlikka ega surat bo‘lib, unda qiyofalar ham, his-tuyg‘ular ham, nozik aloqalar va nuroniy xislatlar ham o‘zaro tartib asosida joylashgan bo‘ladi. Ushbu surat birgina ko‘rinishga ega bo‘lib, uning eng yuqorisidan “bosh” o‘rin oladi. Sezgi a’zolari va qo‘l-oyoqlar ham o‘z o‘rnida mustahkam joylashib, bir-birining chegarasini buzmaydi.
Dinning ushbu komil surati faqatgina sog‘lom fitrat sohibining zehnida o‘rnasha oladi. Ammo ongi mayib, zavqi fasodga uchraganlar sizga dinni chigal va buzuq suratda ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar. Unda bosh va oyoqlarni yonma-yon holda, sezgi va tana a’zolarining o‘z o‘rnidan boshqa joyda, masalan, ko‘zning yuzda emas, qo‘llarda joylashganini ko‘rasiz.
Manba: Muhammad G'azzoliy. "Jaddid hayatak".
Qo‘shimcha malumot

Hasan Basriy aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, Alloh uni shaytondan saqlaydi va unga do‘zaxni harom qiladi: istak, qo‘rqinch, shahvat va...

Hazrat Umar roziyallohu anhu: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki duo qilishga ilhom berilsa, albatta...

Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu aytadilar: "Men Alloh taolodan biror narsani so‘rayman. Agar so‘ragan narsamni ato etsa, bir marta...
Izohlar