05.03.2022
227

Ta’vilotdan durdonalar

Agar rostgo‘y bo‘lsalar, unga o‘xshash so‘zni keltirsinlar! (Tur surasi, 34-oyat).

Ya’ni, agar “Muhammad Qur’onni o‘zi to‘qib, uni Allohdan dedi”, degan gaplarida rostgo‘y bo‘lsalar, u holda Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) keltirgan narsaga o‘xshashini keltirsinlarchi?!

Alloh taoloning “Unga o‘xshash so‘zni keltirsinlar!" degan so‘zi zohiran buyruq shaklida bo‘lsa-da, aslida buyruq emas. Chunki, Alloh ularga yolg‘on va bo‘hton keltirishni buyurishi mumkin emas.

Bu oyatdan ikki xil ma’no anglashiladi. Birinchisi,  ularni Qur’onga o‘xshash narsani keltirishdan ojiz qoldirish bo‘lsa, ikkinchisi – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan aytilgan bo‘hton va tuxmatni qoralash hamda azobni va’da qilishdir. Vallohu a’lam.

Imom Moturidiy. Ta’vilot al-Qur’on.
 

Qo‘shimcha malumot

Siz farzandingizda qaysi xislatlarni shakillantiryapsiz!?
Agar farzand shijoatlantiruvchi muhitda yashasa, o‘ziga ishonchni ta’lim oladi.– Agar farzand maqtov muhitida yashasa, rozilik va muhabbatni ta’lim oladi.– Agar...
Insonlar ikki toifaga bo‘linadi
«Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar, ular muhaddis va faqihlar bo‘lib, ular biridan ayri holda bo‘la olmaydilar. Ular bir-birlariga muhtojdirlar». Imom Xattobiy
Hadis
«Darhaqiqat, sizdan oldingilarni o‘zaro qon to‘kishga va taqiqlangan ishlarni mumkin deb olishlariga ularning dinda chuqur ketishlari sabab bo‘ldi». Imom Muslim...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry