04.03.2022
280

O‘QI

Qur’oni karimdagi so‘zlar miqdori yetmish yetti mingdan ortiqni tashkil etadi. Mana shu so‘zlarning ulkan oqimi ichida “O‘qi” so‘zi eng avval nozil bo‘lgan so‘zdir..
Shuningdek, Qur’oni karimda “namoz o‘qing”, “zakot bering”, “yaxshilikka buyuring”, “yomonlikdan qaytaring”, “sizga yetgan musibatlarga sabr qiling”, “Biz rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiling”, “Allohga tavba qiling” mazmunidagi ko‘plab buyruqlar zikr etilgan. Biroq, mana shu buyruqlar orasida eng avval “O‘qi” degan buyruq nozil qilindi. Qolaversa, faqatgina bir so‘z bilan cheklanib qolmay, ilk besh oyatning barchasi o‘qish haqida nozil bo‘ldi hamda mazkur oyatlarda “O‘qi” so‘zi ikki marotaba zikr etildi. “Yaratgan Robbing nomi bilan o‘qi. U insonni alaqdan yaratdi”. Bundan so‘ng “O‘qi! Robbing karamlilarning karamlisidir”, deyildi. Keyin: “U, qalam bilan ilm o‘rgatgandir”, deb qalam so‘zi alohida qayd etildi. Bu esa buyruqning kinoya yoki boshqa majoziy ma’nolar haqida emas, balki aynan qalam bilan yozilgan narsani o‘qish haqida ekanini anglatadi.

Qo‘shimcha malumot

Kun hikmati
Hasan Basriy aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, Alloh uni shaytondan saqlaydi va unga do‘zaxni harom qiladi: istak, qo‘rqinch, shahvat va...
Kun hikmati
Hazrat Umar roziyallohu anhu: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki duo qilishga ilhom berilsa, albatta...
Kun hikmati
Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu aytadilar: "Men Alloh taolodan biror narsani so‘rayman. Agar so‘ragan narsamni ato etsa, bir marta...

Izoh qoldirish

Izohlar

Мы в соц сетях

Aloqa

Telefon:
E-mail:
Manzil:
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry