E’tirof

Imom Moturidiy – e’tiqod bobidagi imom
"Imom Moturidiy ulkan daryodir. U bizning e’tiqoddagi imomimiz sanaladi. Samarqandning Moturid qishlog‘ida dunyoga kelgan bu ulug‘ olimning insoniyatga yo‘llagan xabarlari bugun ham o‘z ahamiyatini, dolzarbligini yo‘qotmagan. Moturidiy adolat va mo‘tadillik g‘oyalarini ilgari surgan. Ko‘r-ko‘rona e’tiqodni rad etib, insonni tafakkurga va aql yuritishga chorlagan. Moturidiylik bilim va aqlga eng yaqin maktabdir. Imom Moturidiyning aqlga tayanuvchi yondashuvi bugun Turkiy davlatlar tashkiloti diplomatiyasida tinchlik va barqarorlikni ustuvor qiladigan asosiy yo‘llanma hisoblanadi. Turkiy davlatlar moturidiylikda ilgari surilgan aql, hikmat va maslahat an’anasining bugungi institutsional tuzilmasini ifodalaydi. Shu bois mazkur ta’limotni yanada chuqur o‘rganishimiz va keng targ‘ib qilishimiz lozim".
Binali Yildirim,
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati