TAJIYEV AZIZ SHAVKATOVICH

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Nashrlar boʻlimi boshligʻi
Tajiyev Aziz Shavkatovich 1983 yil 21 aprelda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2006 yil Toshkent islom universitetining bakalavriati, 2008 yil esa ushbu oliygohning magistraturasini tamomlagan. Dinshunos mutaxassis.
Tajiyev Aziz Shavkatovich 2019 yilda tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hadislarning diniy aqidaparastlikka qarshi mohiyati” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.
U 2008-2010 yillarda Ohangaron shahar sanoat kasb-hunar kolleji ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi, 2010-2011 yillarda Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Sharq tillari va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi, 2011-2014 yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, 2014-2017 yillarda “Jurabek Laboratories” oʻzbek-arab qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish tahlilchisi, 2017-2019 yillarda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Tajiyev Aziz 30 dan ziyod ilmiy maqola va risolalar muallifi hisoblanadi.